Рус 0
Savat0
Savatda hozircha hech narsa yo‘q
Kiyimlar70Jinsilar7Ustkiyim17Sport kiyimi25Poyafzal149Sumkalar va aksessuarlar23Bosh kiyimlari48Uy va tungi kiyimlar8Cho‘milish va plyaj kiyimi0Paypoqlar0Karnaval kastum va ko‘ylaklari1Karnaval kastum va ko‘ylaklari1
Tartiblash:
Topilgan narsalar: 1

Karnaval kastum va ko‘ylaklari

Комплект для ненаглядных  принцесс
20%
Комплект для ненаглядных принцесс
Hajmi: 98-104  104-110  110-116
170 000so'm 136 500 so'm
Sotib olish

Karnaval kostyum va liboslarni Toshkentda allso.uz da sotib olish mumkinligini bilasizmi?

Bayram kirib kelmoqda! Xo‘sh, bu yil u nimalarni o‘zi bilan olib kelyapti ekan? Albatta, musiqa, quvnoq kayfiyat, sehr va ajoyibotlarni! Yana – ertaknamo muhitni his qilishga yordam beruvchi bayram uchun kostyumlarni. Allso.uz da siz bolalar va kattalar uchun g‘aroyib bayramona liboslarni xarid qilishingiz mumkin.

Karnaval kostyumlar qayerlarda kiyiladi?

Karnaval liboslar bilan bezanish odati bizga o‘rta asrlardan meros bo‘lib kelgan. Aynan shuning uchun, milliy o‘ziga xoslikka va o‘z xalqi bilan birdamligiga urg‘u berish maqsadida insonlar milliy liboslar kiyishni yoqtirishadi.

Shuningdek, bunday kostyumlar sahna postanovkalarida, bayram tadbirlari va raqslarda faol ishlatilgan va hozirgi kunda ham ishlatilib kelinmoqda.
Kechaning kostyum kiyiladigan qismi tadbirga yanada quvnoq kayfiyat bag‘ishlaydi, boisi u yoki bu qahramon obrazi ostida kim yashiringanini topish doim qiziq. Bu ajib sehr va qiziqish taqdim etadi. Hayotimizda bayramlar shunchalik kamki, o‘zimiz va yaqinlarimizga ertaknamo kecha uyushtirish uchun har bir imkoniyatdan unumli foydalanib qolishimiz lozim.

Karnaval uchun maskarad kostyumi qanday tanlanadi?

Karnaval liboslar – oddiy kiyimlar emas, bunday liboslar yaxshi kayfiyat ulashishi kerak, shuning uchun ular oddiy kiyimlar uchun mo‘ljallangan gazlamalardan boshqacha matolardan tikiladi. Gazlama yorqin, ushlab ko‘rganda mayin, kiyish uchun qulay bo‘lishi lozim. Turgan gapki, g‘ijimlanmasligi ham kerak. U maskaradda e’tiborni tortmog‘i darkor, shuning uchun atlas, zarbof, fatin va mo‘ylovli liboslar o‘ziga xos va yorqin ko‘rinadi. Saytimizda siz bayram uchun turli o‘lchamdagi – ham kichik yoshdagi, ham o‘smirlar, erkag-u ayollar uchun bayramona liboslarni topasiz.

Yil davomida kostyum kiyiladigan bal yoki kecha uyushtirish uchun ko‘plab bayram va marosimlar yetarli, shu boisdan o‘z garderobingizda karnaval kostyum variantlari bo‘lishi muhim. Albatta, yangi yil liboslaridan tashqari, kostyumlashtirilgan bayramlar uchun kostyum va ko‘ylaklarning boshqa variantlari ham bor, biroq oddiy do‘konlarda yangi yil sotuvi paytidan tashqari karnaval kostyum va liboslarini topish juda mushkul vazifa. Allso.uz sayti sizga bu borada yordam beradi.

Allso.uz da karnaval kostyumlari

Qaysi qahramon kostyumini tanlash borasida hech qanday g‘oyalaringiz bo‘lmasa, bizning internet-maydonchamizga tashrif buyuring. Bu yerda siz bayramona kiyim-kechaklarning keng assortimentini topasiz. Odatda kostyumlar bir nechta guruhlarga bo‘linadi:

  • Superqahramonlar – Zorro, Temir odam, Superayol, O‘rgimchak odam, Supermen, Betmen;
  • Multfilm, film va komikslar qahramoni – Nindzya-toshbaqalar, Seylormun, Suv parisi, Rapunsel, Elza, Shrek, Fiona;
  • Ertak qahramonlari – Buratino, Oppog‘oy, Zolushka, Qizil qalpoqcha, O‘lmas Koshey, Cheburashka va h.k.;
  • Dengiz qaroqchilari kostyumlar – erkak va ayollar, shuningdek o‘g‘il-qizlar uchun;
  • Kichkintoylar uchun – hayvoncha va quschalarning mashhur kostyumlari, misol uchun quyoncha, ayiqcha, asalaricha, pingvincha;
  • Milliy kiyimlar – hindu, kovboy, meksikalik, papuas, shotland, eskimos, hind;
  • Yangi yil kostyumlari – Qorbobo, qor odam, yangi yil mavzusidagi sviterlar, Qorqiz, archa, qorparcha.

Ertalik yoki karnaval uchun kostyumni Toshkentda qayerdan sotib olsa bo‘ladi?

Allso.uz sayti o‘z mijozlariga sir-u sinoat va quvonchga boy, unutilmas kechalarni uyushtirishga yordam beradi. Faqat bizda siz Toshkentda karnaval kostyum va liboslarini, shuningdek ularga tegishli bayram atributikasini xarid qilishingiz mumkin. Misol uchun, niqoblar, jodugarning shlyapa va supurgisini, ko‘z boylog‘ichlarni, plash va qo‘lqoplarni.

Toshkentda karnaval kostyum va liboslarni buyurtma qilishni istaysizmi? Bayramoldi navbatlarida turmaslik va do‘konma-do‘kon yugurmaslik uchun allso.uz saytiga kiring. Xaridni amalga oshirish uchun uyingizdan chiqishingiz ham shart emas – siz uyingizga buyurtma berishingiz mumkin. Faqat bizning saytimizda yiliga 365 kun davomida chegirmali karnaval kostyumlarni sotib olish imkoniyatini beruvchi hamkor do‘konlar mavjud.

Ozi bilan cheklanmang! Hamkorlarimiz bazasi doimiy ravishda kengaymoqda, bu esa assortimentni doimiy kengaytirish imkoniyatini yaratmoqda. Onlayn-maydonchamizning yana bir ustunligi – bu to‘lov va yetkazib berish variantlarining xilma-xilligidir.

Bu muhim: yuqorida aytib o‘tilgan shartlar har bir hamkor do‘kon tomonidan alohida belgilanadi.

Sevimli do‘koningiz bilan doimiy aloqada bo‘lish uchun allso.uz ijtimoiy tarmoqlariga va telegram-kanaliga obuna bo‘ling!