Toshkentdagi ofis uchun kiyimni qayerdan sotib olish mumkin?
Ofis kiyimlari zerikarli deb o‘ylaysizmi? Allso.uz da esa bunday emas! Quyida ayollar va erkaklar uchun ofis kiyimini tanlashning asosiy qoidalari keltirilgan.
Ayollar uchun ish kiyimlarini qanday tanlash mumkin?
Ish kiyimini tanlashda imkoni bo‘lsa pulni tejamaslik kerak. Ayollar uchun ofis kiyimlari birinchi navbatda yuqori sifatli bichimi va matoning tabiiy tarkibi bilan ajralib turadi. Kombinatsiyalangan yarim sintetik matodan qilingan kostyum hamyonbop variantdir. Shu bilan birga, uning tarkibidagi sintetika minimal darajada bo‘lishi kerakligini unutmaslik kerak.
Ofis uchun mo‘ljallangan kiyim iloji boricha sodda bo‘lmog‘i lozim. Har xil dekorativ elementlardan tiyilish kerak, hattoki kompaniyada qabul qilingan kiyinish tartibi buni taqiqlamagan bo‘lsa ham. Bundan tashqari, asosiy – yorqin bo‘lmagan ranglarni tanlash kerak. Qora, kulrang, ko‘k va jigarrang eng yaxshi variantlardir.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, ishga borish uchun garderob tanlashda siz kamida ikkita variantdagi kostyumni tanlashingiz kerak: yubkali va shimli. Agar siz prinsipial ravishda shim yoki bo‘lmasa yubka kiymasangiz, zaxira uchun o‘zingiz yoqtirgan turdagi kostyum sotib olishingizni tavsiya etamiz. Albatta, ikkalasi ham kun bo‘yi kiyib yurish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Siz ofis kostyumini bir yildan ko‘proq vaqt davomida kiyib yurishingizni hisobga olish kerak. Shu bilan birga, bitta pidjak yoki jaketga pastki qism uchun 2-3 ta variant tanlash kerak (agar siz kostyumni butunligicha sotib olmay, balki narsalarni kombinatsiyalashni afzal ko‘rsangiz). Shu nuqtayi nazardan, ofis kiyimi bitta rang majmuasida tanlanadi, shunda uni birlashtirish osonroq bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bu holda kiyim bichimiga qat’iy cheklovlar yo‘q, ammo ba’zi umumiy tamoyillar mavjud. Masalan, yubka albatta tizzadan pastroq, iloji boricha klassik uslubda bo‘lishi kerak. Shimlarning o‘rta yoki baland posadkalilarini tanlagan ma’qul. Ammo ofis uchun past posadkali shimlar yaramaydi.
Ba’zi hollarda ofisda ko‘ylak kiyishga ham ruxsat beriladi. Biroq erkinlikka berilib ketish kerak emas – gap maksimal darajadagi kamtar ishbilarmon variantlar haqida ketmoqda. Ranglar yuqorida aytib o‘tilganidek bo‘lishi lozim. Uzun yengli ko‘ylaklarni bluzkasiz kiyish mumkin.
Bluzkalarni har kuni almashtirish kerak bo‘lganligi sababli, odatda ulardan 3-4 ta sotib olinadi. Oq, sarg‘ish, kulrang, havorang yoki qora kabi ranglardagi bluzkalarga ruxsat beriladi. Qish va kuz mavsumlarida klassik bluzkalar vodolazkalar, poluver yoki jumperlar bilan almashtiriladi.
Erkaklar uchun ofis kiyimlarini qanday tanlash mumkin?
Agar sizning ofisingizda kostyum va galstuk kiyish majburiy bo‘lsa, unda asosiy – yuqorida sanab o‘tilgan ranglarni (ayollar uchun biznes garderobni tanlash bo‘limida) tanlash kerak. Moda tendensiyalarini sevuvchilar sipo ikki bortli kostyumlarga afzallik berishlari mumkin.
Qat’iy dress-kod ko‘zda tutilmagan ofis uchun ish kiyimi sifatida oksford ko‘ylak va chinos yoki kejo uslubidagi shimlarning kombinatsiyasi mos keladi. Bunday kiyimlar norasmiyligi bilan ajralib turadi va kiyinishga qulayroqdir.
ALLSO.UZ bilan erkaklar va ayollar uchun ofis kiyimlari
Allso.uz onlayn-gipermarketi sizga ofis uchun yuqori sifatli, qulay va zamonaviy kiyimlarni Toshkent shahrining istalgan joyiga yetkazib berish bilan arzon narxda sotib olish imkoniyatini taqdim etadi!
Bizning onlayn-do‘konimiz to‘g‘ri kiyim variantlarini qidirish uchun vaqtni behuda sarflashga odatlanmagan har bir kishiga maֹ’qul keladi. Endi siz qilishingiz kerak bo‘lgan narsa – bu saytimizdan sizga yoqqan kostyum yoki ko‘ylakni tanlash, ro‘yxatdan o‘tish va yetkazib berishni rasmiylashtirish. Shuningdek, bizning saytimizda ofis va kundalik kiyish uchun poyabzallar, shuningdek, sport poyabzallarining turli xil variantlarini topishingiz mumkin.
Biz taqdim etilgan mahsulotlarni sotmaymiz, balki oflayn do‘konlarni bitta qulay savdo maydonchasida birlashtirishimiz bilan boshqa internet-do‘konlardan ajralib turamiz. Bugungi kunda bizning sheriklik tarmog‘imizda 80 dan ortiq savdo shoxobchalari mavjud.
Bizning yana bir farqimiz shundaki, taqdim etilgan mahsulotlarning 100% ulkan chegirmalar bilan sotiladi. Bu shuni anglatadiki, bizni tanlab siz nafaqat vaqtingizni, balki pulingizni ham tejaysiz.
Biz haqimizda ko‘proq bilmoqchimisiz? Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!