«Kosmetika» bo‘limi har bir ayol hayotining ajralmas qismi bo‘lgan ko‘plab nomlarni birlashtiradi. Endi sifatli kosmetika va parfyumeriya mahsulotlarini chegirma bilan sotib olish avvalgidan ham osonroq.
Allso.uz: nega biz bilan kosmetika sotib olish qulay?
Odatda kosmetika mahsulotlarini tanlash va xarid qilish safarlariga qancha vaqt sarflaysiz? Buning uchun ayollarga oyiga o‘rtacha 40 soat kerak bo‘ladi. Va bu faqat haftalik xaridlar uchun. 40 soat ichida qanchadan qancha qiziqarli va muhim ishlarni bajarishingiz mumkinligini bir o‘ylab ko‘ring! Nahotki dam olish kuningizni holdan toydiruvchi xaridlarga sarflashdan afsuslanmasangiz?
Bunga yomg‘ir, qor yoki jaziramada bozorlarga va go‘zallik salonlariga tez-tez tashrif buyurish zarurligini qo‘shing. Ma’lumki, kosmetika va parfyumeriya eng zarur daqiqada tugab qoladi, misol uchun, muhim uchrashuv oldidan. Bunday ob-havo sharoitida xarid qilishga xohishingiz bo‘ladimi? O‘ylashimizcha, yo‘q.
Buning ustiga, uzoq davom etuvchi shopping har doim ham sizga kerakli kosmetika buyumi yoki atirni topishingizga kafolat bermaydi. Ayni paytda, kremlar, zardoblar, shampunlar va boshqa shunga o‘xshash mahsulotlarni inson terisi va sochining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlash kerak.
Binobarin, odatdagi kosmetika turlarini almashtirish bir qarashda ko‘ringandek oson ish emas.
Bundan tashqari, bozorda parfyumeriya va kosmetika vositalarini sotib olayotganda, har doim soxta narsalarni xarid qilish xavfi mavjud.
ALLSO.UZ ni tanlab, siz bunday xatarlarni, bo‘sh vaqtingizni behuda sarflashni va ovoragarchilikni umrbod unutishingiz mumkin!
ALLSO.UZ saytida taqdim etilgan barcha kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari katta chegirmalar bilan sotiladi. Bu ushbu loyihaning asosiy farqi va ayni paytda afzalligi hamdir.
Internet-do‘konning qulay navigatsiyasi sizga tezda, vaqtni behuda sarflamasdan kerakli krem, parfyumeriya, pardoz-andoz buyumlari va boshqa ko‘plab narsalarni topishga imkon beradi. Shu bilan birga, tovarlarning narxini taqqoslashga ko‘p vaqt talab qilinmaydi.
So‘ng ro‘yxatdan o‘tishingiz va yetkazib berish uchun buyurtma berishingiz kerak. Biz kosmetika mahsulotlarini Toshkent shahrining istalgan nuqtasiga yetkazib beramiz. Yuk tashish xarajatlari yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan tariflarga bog‘liq. Ya’ni yetkazib berish ham pullik, ham bepul bo‘lishi mumkin. Odatda yetkazib berish shartlari ham biroz farq qilishi mumkin. Buni inobatga olgan holda, buyurtma berishdan oldin yetkazib berish do‘koniga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishingizni maslahat beramiz. Bundan tashqari, bizning saytimizda taqdim etilgan har bir do‘kon xaridlarni kelib olib ketish imkoniyatini beradi.
Buni bilish muhim: bizning loyihamiz taqdim etilgan mahsulotlarning distribyutori emas. Biz faqat bitta elektron tijorat saytida ko‘plab oflayn-do‘konlarni va ularning mahsulotlarini birlashtiramiz. Turli yetkazib beruvchilardan bir nechta tovarlarga buyurtma berishda mahsulotni yetkazib berish do‘konlarning har biri tomonidan alohida amalga oshiriladi. Yetkazib berish shartlari haqida ko‘proq ma’lumotni saytimizning «Yetkazib berish» bo‘limidan topishingiz mumkin.
Bugun «Kosmetika» bo‘limida siz quyidagilarni sotib olishingiz mumkin:
Bizning internet-do‘konimiz oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni afzal ko‘radigan ish bilan band ayollarga, shuningdek, xarid qilishni xushlayvermaydigan ko‘pchilik erkaklarga ma’qul keladi.
Bizning katalogimiz sheriklarimiz tomonidan joylashtirilayotgan yangi tovarlar hisobiga doimiy ravishda yangilanib bormoqda. Bizning loyihamiz haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lmoqchimisiz? Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga va Telegamdagi kanalimizga obuna bo‘ling! Shuningdek sizni qiziqtirgan barcha ma’lumotlarni ushbu saytdan ham bilib olishingiz mumkin! Misol uchun: kosmetik mahsulotlarga eng katta chegirmalar «Eng yaxshi taklif» bo‘limida taqdim etilgan. Ehtimol, sizni bizning saytimizdagi boshqa bo‘limlar ham qiziqtirishi mumkin.