SAVOL BERING
Русская версия 0

Loyiha haqida


BARCHA CHEGIRMALAR BIR SAYTDA!

Chegirmalar va mavsumiy sotib tugatishlar (rasprodaja) nafaqat internet-do‘konlar orqali, balki Toshkent shahrining lokal butiklarida xarid qilishni yoqtiradiganlarning hayotiga asta-sekin kirib bormoqda. Kerakli buyumni, buning ustiga chegirma bilan sotib olishga qancha vaqt ketishi mumkin? Albatta, kimdir bunga ikki soat sarflasa, ba’zilarga bir kun ham kifoya qilmaydi.

Chegirma va rasprodajali barcha mahsulotlar bir yerga, buning ustiga internet-do‘konga to‘plangan bo‘lsa-chi? Ushbu loyiha aynan shunday maqsadda yaratilgan.

WWW.ALLSO.UZ savdo maydonchasi jamoasi o‘z mijozlari uchun barcha chegirmali mahsulotlarni birlashtirishga intiladi. Aynan bizda siz ham mavsumiy rasprodaja buyumlarini, ham mavsumga qaramay chegirma taqdim etiluvchi mahsulotlarni topishingiz mumkin. Bu, o‘z navbatida, foydali xarid qilishni yoqtiruvchilarga keyingi mavsum uchun kiyim sotib olganingizda pulingizni tejab qolish imkoniyatini beradi.



ALLSO.UZ: biz haqimizda.



Allso.uz – bu O‘zbekistondagi 80 dan ortiq oflayn-do‘konlarni birlashtirgan internet-platformadir. Bu yerda siz kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar, bolalar uchun ko‘rpa-to‘shaklar, kosmetika mahsulotlari va boshqa ko‘plab narsalarni xarid qilishingiz mumkin, shuningdek, ushbu onlayn-do‘konning afzalligi – o‘zingizga yoki yaqinlaringizga 80% gacha chegirma bilan kiyim sotib olish imkoniyati mavjud.

Chegirmalar tez-tez bo‘lib turadimi?

Onlayn va oflayn-rejimda ishlaydigan 90 foiz do‘konlardan farqli o‘laroq, biz doimiy ravishda chegirmalarni taklif qilamiz, faqat chegirmali mahsulotlar ro‘yxati o‘zgarib turadi, chunki ba’zi mahsulotlar shunchaki tugab qolishi mumkin, ba’zilariga esa chegirmalar beriladi. Katta chegirma bilan sotiladigan kiyimlar uchun bizda «Eng yaxshi taklif» maxsus bo‘limi ochilgan. Sizga ushbu sahifaga tez-tez kirib turishni tavsiya qilamiz, chunki sizga kerak bo‘lgan poyabzal, kostyum yoki ko‘ylak avvalgisiga qaraganda ancha arzonlashgan bo‘lishi mumkin.

Katalogda qaysi do‘konlarning kiyim-kechak va aksessuarlari mavjud?

Bugungi kunda saytda Persey, Terra Pro, Topar, Freya va boshqa ko‘plab bolalar, erkaklar, ayollar kiyim va poyabzallari do‘konlarining mahsulotlari taqdim etilgan.

Bundan tashqari, sheriklarimiz ro‘yxati tezlik bilan kengayib bormoqda, unda yangi mashhur brendlar muntazam ravishda paydo bo‘lmoqda. Shu bilan birga tovar turlari ham kengaymoqda.

Brendlarning batafsil ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Yetkazib berish haqida


Bizning o‘z omborimiz yo‘q. Bizning maqsadimiz sizning xaridingiz va sotuvchi bilan o‘zaro aloqangizni yengillashtirishdir. Buni hisobga olgan holda yetkazib berish sotuvchi shartlari asosida amalga oshiriladi. Xaridlarni savdo nuqtasiga borib to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish ham mumkin.

Buyurtma uchun to‘lov qanday amalga oshiriladi?

Xaridlaringizni plastik karta orqali, naqd pul bilan, shuningdek Click va Payme to‘lov tizimlaridan foydalangan holda amalga oshirishingiz mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, har bir do‘kon to‘lov usullarini o‘zi o‘rnatadi. Shuning uchun buyurtma berishdan oldin ular bilan tanishib chiqishingizni qat’iy tavsiya qilamiz.

Sifat kafolati

Albatta, kiyim sifati masalasi hamma uchun juda muhimdir. Shu bois biz faqat ishonchli do‘konlar bilan hamkorlik qilamiz.

Barcha yangi mahsulotlar va chegirmalar haqida qanday qilib xabardor bo‘lish mumkin?

Agar siz yangi mahsulotlar va chegirmalar haqida doimo boxabar bo‘lishni istasangiz, buning bir nechta imkoniyatlari bor. Jumladan:

  1. Har kuni bizning saytimizga tashrif buyurib, bugun siz uchun qanday yangi narsalarni tayyorlab qo‘yganimizni bilib oling;
  2. Telegramdagi kanalimizga obuna bo‘ling;
  3. Bizning Facebook sahifamizga qo‘shiling;
  4. Yoki Instagramdagi chegirmalar va yangi mahsulotlarni kuzatib boring;
  5. Shuningdek, barcha ijtimoiy tarmoqlar orqali bizga qo‘shiling. Shunda siz hech narsani aniq o‘tkazib yubormaysiz!


Allso.uz saytidan qanday qilib kiyim sotib olish mumkin?

Oddiy ro‘yxatdan o‘tish tartibini bajaring.

Sichqoncha bilan saytning yuqori qismidagi «Katalog» bo‘limiga kiring. Ochilgan yorliqda kerakli bo‘limni tanlang. Masalan, «Erkaklar uchun». So‘ng kichik bo‘limni tanlang. Misol uchun, «Kiyim». Endi toifani tanlang. Aytaylik, «Ko‘ylak va sorochkalar».

So‘ngra taqdim etilgan assortimentni o‘rganing. Qulay bo‘lishi uchun siz ko‘ylaklarning mavsumi, chegirma hajmi, o‘lchami, markasi va narxi bo‘yicha filtrlardan foydalanishingiz mumkin. Xaridingizni savatga qo‘shing. Savatga o‘ting va yetkazib berish manzilini (agar talab etilsa) ko‘rsatgan holda buyurtmani rasmiylashtiring.

Turli yetkazib beruvchilardan bir nechta mahsulotlarga buyurtma berishda yetkazib berish turli xil shartlarda amalga oshiriladi (har bir sotuvchi tomonidan belgilangan qoidaga muvofiq).

Bo‘ldi! Endi faqat xaridlaringiz kelishini kutish qoldi xolos!

Saytda ro‘yxatdan o‘tish majburiymi?

Ha, ro‘yxatdan o‘tish har bir xaridor uchun majburiy tartibdir, bu buyurtma uchun pulni to‘lamaslik va boshqalarning ma’lumotlarini kiritishning oldini olish maqsadida qilingan. Siz assortimentni mehmon rejimida ham ko‘rishingiz mumkin.

Biz sizning ma’lumotlaringizni uchinchi tomonga bermaymiz va shu bilan sizning xavfsizligingizni ta’minlaymiz.
ALLSO.UZ: biz barcha chegirma va sotuvlarni birlashtiramiz!

Yetkazib berish

Biz yetkazib berishning juda ko‘p variantlarini ko‘rib chiqdik, lekin birortasi ham barcha xaridorlarni, ham hamma sotuvchilarni to‘liq qoniqtira olmaydi, shuning uchun yetkazib berish va mahsulot uchun to‘lov usuli mahsulotga buyurtma berilganidan so‘ng har bir do‘kon bilan individual tarzda kelishib olinadi.

Hamkorlarimiz Sizga nimalarni taklif qilishlari mumkin:

  1. Do‘konga kelib olish. Ushbu xizmat bepul, biroq u vaqt bo‘yicha chegaralangan bo‘lib, bu vaqtning ichida xaridor mahsulotni sotib olishi va olib ketishi lozim bo‘ladi. Bu shoping ishqibozlari uchun juda ham qulay, chunki oldindan buyurtma qilib qo‘ygan mahsulotingizni olish uchun butikka borish doim yoqimli va u yerda yangi kolleksiyadan mahsulot xarid qilish uchun chegirma ko‘rinishidagi qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘lishingiz mumkin.
  2. Sotuvchining yetkazib berish xizmati orqali mahsulotni o‘z egasiga yetkazib berish ham juda qulay. Siz mahsulotni bir nechta sotuvchidan sotib olishingiz mumkinligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz, bunday holatlarda yetkazma uchun to‘lovni turli do‘konlarda amalga oshirishingizga to‘g‘ri keladi.