Рус 0
Savat0
Savatda hozircha hech narsa yo‘q
Kiyimlar89Ustkiyim21Poyabzal10Bosh kiyimlari2Cho‘milish va plyaj kiyimi0Ichki kiyim va pijamalar0Ko‘rpa-yostiqlar0Choyshab va yo‘rgaklar0
Tartiblash:
Topilgan narsalar: 0

Ko‘rpa-yostiqlar

Toshkentda choyshab va yotarjoy buyumlarini qayerda sotib olish mumkin: allso.uz dan foydali takliflar

Yotarjoy buyumlari sifatiga jiddiy e’tibor bering – ular nafaqat uyqu sifatiga, balki kayfiyatga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiy matolardan tikilgan yotarjoy buyumlarini xarid qilib, siz o‘z sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘urayotgan bo‘lasiz. Do‘konlarni aylanib kerakli choyshablarni izlashga qimmatli vaqtingizni sarflamasligingiz uchun ko‘plab yetkazib beruvchilarning takliflari bir yerda jam bo‘lgan saytimiz xizmatlariga murojaat eting.

Toshkentda yotarjoy buyumlari: qay birini tanlash kerak?

Qiziq holat: ko‘pchilik insonlar yotarjoy buyumlarining qanchalik ko‘p turi borligini bilmas ekan. Quyida ular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:

  • Tagchoyshab – u bilan matras yopiladi, u oddiy to‘g‘riburchak shaklda yoki chetlari rezinkali bo‘lishi mumkin;
  • Qisqa choyshab – asosan g‘arb davlatlarida, ko‘proq dekorativ maqsadlarda ishlatiladi, karavotning quyi chetiga yopiladi;
  • Uzun choyshab – yonlariga osilib tushgan holda butun karavotni yopib turadi, dekorativ vazifani bajaradi, yupqa adyol sifatida foydalanilishi mumkin;
  • Yupqa adyol – yilning iliq mavsumlarida ishlatiladi, to‘ldiruvchiga ega emas, ko‘pincha jun yoki paxtadan tikiladi;
  • Qalin adyol – ichida to‘ldiruvchisi bor. Odatda momiq pat yoki sintepon, ba’zan jun yoki sintetik to‘ldiruvchi ishlatiladi. Undan yilning sovuq mavsumlarida foydalaniladi. Odatda to‘q ranglarda bo‘ladi, chunki uning ustiga ko‘rpajild kiydiriladi. Bolalar adyolini aksariyat hollarda yorqin suratlar bilan bezatiladi;
  • Ko‘rpajild – qalin yoki yupqa adyolni kirlanishdan himoya qiladi. Markazida yoki yon baxyasida teshikli konvert shaklida bo‘lishi mumkin. Teshik zamok yoki tugma bilan yopilishi, ip bilan bog‘lanishi yoki gazlamali qo‘shimcha klapan bilan tiqib qo‘yilishi mumkin;
  • Katta dekorativ yostiq – Yevropa mamlakatlarida odatda uyqu uchun emas, balki karavotni bezatish uchun ishlatiladi. Ko‘pincha chiroyli elementlar – kashta, strazali yostiqjild bilan bezatiladi. To‘rtburchak shaklga ega;
  • Uyqu uchun yostiq – bizda uning to‘rtburchak shakldagisi keng ommalashgan, g‘arb davlatlarida esa to‘g‘riburchaklisini afzal ko‘rishadi. Lekin chet eldan keltirilgan yotarjoy buyumlarining sotilishi avj olganligi sababli, bugungi kunda do‘konlarda to‘g‘riburchakli yostiqlar ham paydo bo‘la boshladi. Odatda momiq par bilan to‘ldiriladi, ammo ko‘plab zamonaviy to‘ldiruvchilar ham mavjud, misol uchun o‘simlik po‘stlaridan tortib sintetik gipoallergen analoglarigacha. Shuningdek ortopedik yostiqlar ham mavjud. Bu turdagi yostiqlar uyqu paytida bo‘yin holatining to‘g‘ri bo‘lishiga xizmat qiladi;
  • Kichik dekorativ yostiq – katta dekorativ yostiq bilan birga yotoqxonani bezatishda tugal estetik ko‘rinish bag‘ishlaydi. Uning jildi gobelendan tikilishi mumkin. Ko‘pincha bunday yostiqlarni krujeva, biser, kashtalar bilan bezatiladi;
  • Valik-yostiq – undan uxlashda foydalanishmaydi, chunki u haddan tashqari qattiq. Bunday yostiq kitob o‘qiyotganda yoki televizor ko‘rayotganda kresloda o‘tirgan odamlarning orqasiga qo‘yish uchun xizmat qiladi. Shunindek, bunday valiklarni charchagan yoki shishgan oyoqlarni yuqoriroq ushlab turish uchun karavotning oyoq qismiga qo‘yish tavsiya qilinadi;
  • Yostiq jildi – yostiqni ifloslanishdan saqlaydi. Gazlamali qo‘shimcha klapan bilan yostiq ustiga yopilishi yoki tugma va zamok bilan bekitilishi mumkin. Odatda tabiiy matodan tikiladi.

To‘g‘ri yostiqni qanday qilib tanlash va sotib olish mumkin?

Allso.uz saytidagi takliflarga e’tiboringizni qarating. Bu yerda siz qulay shakl va o‘lchamdagi yostiqlarni topishingiz mumkin. Yostiq sifatiga ishonch hosil qilish uchun yetkazib beruvchilardan uning nima bilan to‘ldirilganini albatta so‘rang. Bolalar uchun kichik, to‘g‘riburchakli shakldagi, gipoallergen to‘ldiruvchili yostiqchalar tanlash kerak. Agar yostiq ichida pat bo‘lsa, u qaysi qushniki ekanligini surishtiring, boisi tovuq, g‘oz, oqqush, gaga va o‘rdak patlari turli taranglik va elastiklikka ega.

Eng yaxshi taklifni izlayapsizmi? Toshkentda maksimal chegirmali yotarjoy buyumlarini doimiy yangilanib, yangi mahsulotlar bilan to‘ldirilib turiluvchi «Eng yaxshi taklif» maxsus bo‘limidan topishingiz mumkin.

Bizga ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo‘lishni unutmang!