Рус 0
Savat0
Savatda hozircha hech narsa yo‘q
Kiyimlar44Jinsilar12Jinsi7Jinsi kurtkalar5Ustkiyim25Sport kiyimi30Poyafzal114Sumkalar va aksessuarlar3Bosh kiyimlari11Uy va tungi kiyimlar6Cho‘milish va plyaj kiyimi0Paypoqlar0Maktab2Bayram kiyimi0
Tartiblash:
Topilgan narsalar: 9

Jinsilar

брюки
20%
брюки
Hajmi: 104-110  110-116
153 000so'm 122 000 so'm
Sotib olish
Костюм тройка
6%
Костюм тройка
Hajmi: 98-104  110-116
360 000so'm 340 000 so'm
Sotib olish
Джинсовый костюм тройка
7%
Джинсовый костюм тройка
Hajmi: 98-104  104-110  110-116
280 000so'm 260 000 so'm
Sotib olish
Джинсовый костюм
6%
Джинсовый костюм
Hajmi: 98-104  104-110  110-116
330 000so'm 310 000 so'm
Sotib olish
Джинсовый костюм тройка
6%
Джинсовый костюм тройка
Hajmi: 98-104  104-110  110-116
340 000so'm 320 000 so'm
Sotib olish
Костюм
6%
Костюм
Hajmi: 98-104  104-110  110-116
320 000so'm 300 000 so'm
Sotib olish
Джинсы для девочки
20%
Джинсы для девочки
Hajmi: 104-110  110-116
195 000so'm 156 000 so'm
Sotib olish
Джинсы рванки
20%
Джинсы рванки
Hajmi: 98-104  104-110  110-116
211 000so'm 169 000 so'm
Sotib olish
Джинсовая куртка
20%
Джинсовая куртка
Hajmi: 104-110  110-116
320 000so'm 256 000 so'm
Sotib olish

Jinsilar: Toshkentda arzon narxlarda sotib olish

Ushbu bo‘limda siz barcha vaziyatlar uchun ayollar va erkaklar jinsi kiyimlarini topasiz. Biz sizga jinsi kurtka va jinsini arzon narxda, Toshkent bo‘ylab yetkazib berish bilan, shuningdek chegirma narxda sotib olish imkoniyatini beramiz!

Jinsilar qanday tanlanadi?

To‘g‘ri bichilgan jinsi shimlar eng ommabop hisoblanadi. Bunday modellarni bo‘yidan qat’i nazar, ham ozg‘in, ham to‘ladan kelgan odamlar tanlashi mumkin. Ular, ayniqsa, ingichka belga ega bo‘lmagan ayollar va erkaklar uchun juda mos keladi. Shuningdek, bunday jinsilar haddan tashqari rivojlangan oyoq mushaklarini yashirishga yordam beradi (bu muammo sport bilan shug‘ullanadigan qizlar uchun ayniqsa dolzarb).

To‘g‘ri bichimli jinsini juda baland poshnali poyabzal bilan kiymagan yaxshi. Agar siz baribir shunday qilmoqchi bo‘lsangiz, uzaytirilgan modellarni tanlang.
Qaddi-qomati kelishgan, uzun bo‘yli qizlar uchun skinni-jinsilar mos keladi. Ammo ularni qorni bor odamlar ham kiyishlari mumkin. Ushbu shim modeli katta qorindan e’tiborni chalg‘itishga va odamning nozik, uzun oyoqlariga urg‘u berishga yordam beradi.

Ushbu model faqat oyoqlari mukammal darajada tekis bo‘lgan odamlar uchun to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, katta oyoq mushaklariga ega va miqti odamlar undan voz kechishlari kerak – bunday jinsilar qomatning barcha kamchiliklarini ta’kidlab turadi.

Streych-jinsi, shuningdek, faqatgina tashqi ko‘rinishida aniq bir nuqsoni bo‘lmagan odamlar uchun mos keladi.

Tor jinsi shimlar, aksincha juda universal hisoblanadi. Ular deyarli har qanday shakldagi insonlar uchun mos. Biroq bunday shimlar boshqalarga qaraganda nafis to‘piqlar keng belga muvofiq keluvchi «noksimon» qomatga ega bo‘lgan odamlar uchun ko‘proq yarashadi. Shuningdek bunday jinsilar bo‘yi past odamlarga mos keladi, chunki bu turdagi jinsilar oyoq uzunligini vizual ravishda oshirishga yordam beradi. Ammo bu model to‘lachadan kelgan odamlar uchun tavsiya etilmaydi.

Boyfrend-jinsilar u qadar nozik bo‘lmagan oyoqlarni yashirishga yordam beradi. Ular tor bel, ingichka to‘piqqa ega bo‘lgan ayollarga juda mos. Ushbu model kalta oyoqli va keng bel sohibalariga mo‘ljallanmagan.

O‘rta va baland bo‘yli odamlarga klesh-jinsi mos keladi, u qaddi-qomatni muvozanatlashga yordam beradi. Past bo‘yli kishilar ulardan voz kechganlari ma’qul, chunki bunday jinsi ularni yanada past qilib ko‘rsatadi.

Past posadkali jinsilar ortiqcha vaznga, shuningdek, mukammal bo‘lmagan belga ega va tanasining yuqori qismi pastki qismidan uzunroq odamlarga mos kelmaydi. Past posadkali shimlarni kiyish oyoqlarni yanada qisqa qilib ko‘rsatadi (albatta, faqat vizual ravishda, shunga qaramay, ko‘rsatilgan turdagi qomat uchun bunday modellarni tanlash tavsiya etilmaydi).

Yuqori posadkaga ega modellar beldagi barcha kamchiliklarni yashirishga yordam beradi, shuningdek sizning bo‘yingizni vizual ravishda yanada uzaytiradi.
Keng jinsilar ozg‘in va ortiqcha vaznli, o‘rta va baland bo‘yli odamlarga mos keladi. Ammo ular past bo‘y egalarini yanada pastroq ko‘rsatadi.
Endi siz jinsini qanday qilib to‘g‘ri tanlashni bilasiz!

Denim kiyim yoki jinsini Toshkentdan qayerdan sotib olish mumkin?

Allso.uz – bu Toshkentda faoliyat yuritadigan 80 dan ortiq taniqli brend do‘konlarni birlashtirgan noyob savdo maydonchasi. Boshqa mahsulotlar qatorida ushbu do‘konlar sizga jinsi matosidan tikilgan kiyimlarni ham taklif qiladi.

Bugun bizning do‘konimizda siz jinsi shim va kurtka sotib olishingiz mumkin. Biz erkaklar va ayollar uchun klassik va yoshlarbop uslubda bajarilgan modellarni taklif etamiz. Shuni ham yodda tutingki, modellar doirasi doimiy ravishda kengayib boradi, demak, yaqin kunlarda siz ilgari bizdan top olmagan modellarni ham topishingiz mumkin bo‘ladi. Bolalar uchun jinsi qidiryapsizmi? Siz ularni bizdan sotib olishingiz mumkin!

Loyihamizning siyosati kiyim-kechak, poyabzal va kosmetika mahsulotlariga barcha chegirmalarni bir joyda to‘plashni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Ya’ni barcha tovarlar chegirma bilan sotiladi. Turli xil tovarlarga chegirmalar miqdori hamkor-do‘konlar tomonidan belgilanadi.

Buyurtma berishdan oldin siz tanlagan mahsulotning to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib beruvchisi bilan bog‘laning, o‘lchamlar va ranglarning mavjudligini, shuningdek yetkazib berish shartlarini va mumkin bo‘lgan to‘lov variantlarini aniqlashtiring. Shuni ham unutmangki, aksariyat do‘konlarda xaridlarni kelib olib ketish imkoniyati mavjud. Albatta, ularni o‘zingiz kelib olib ketishingiz kerak bo‘ladi. Biroq, bizni tanlab, siz tanlangan mahsulot mavjudligini, shuningdek, u allaqachon o‘ralgan va faqat sizni kutayotganligiga amin bo‘lasiz!