SAVOL BERING
Русская версия 0

Siz mahsulotingizni internetda sotishga qaror qildingiz, biroq bu ishni qanday qilib boshlashni bilmayapsizmi?

24 августа 2021

Qadrli do‘stlar!

Siz mahsulotingizni internetda sotishga qaror qildingiz, biroq bu ishni qanday qilib boshlashni bilmayapsizmi?

Sizning internet marketing, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish, shtatdagi fotosuratchingiz, katta omboringiz, rivojlangan logistika tizimi, koll-markaz operatorlaringiz yo‘qmi?

Biz siz uchun yangi bo‘lgan internet-savdolar bozorini o‘zlashtirishingizga bajonidil yordam beramiz.

Bizning allso.uz savdo maydonchamiz O‘zbekistondagi eng yirik chegirma markazi hisoblanadi.

Biz yuzlab do‘konlarga o‘z mahsulotlarini katta chegirma bilan, tezkor, qulay va ortiqcha mablag‘ sarf qilmasdan sotishga yordam beramiz.

Biz sizga mahsulotingizni sotishda ko‘plab pullik va bepul xizmatlarni taqdim etamiz, jumladan:

  1. Koll-markaz.
  2. Logistika bo‘yicha yordam.
  3. Platformamiz orqali ijtimoiy tarmoqlarda do‘koningizni reklama qilish.
  4. Katalogdagi mahsulotlarni suratga olish uchun tayyorlangan shaxsiy suratkash va studiya.
  5. Mahsulotlarni hisobga olish dasturini joriy qilish bo‘yicha ko‘mak.

Sizda tovarlarni yuklash, mijozlarga qo‘ng‘iroq qilish, yetkazib berish, mahsulot rasmini tayyorlash, omborxonadagi tovarlar hisob-kitobini yuritish uchun vaqt yo‘qmi?

Shunchaki bizga qo‘ng‘iroq qiling. Biz sizning mahsulotingizni juda ham maqbul va manfaatli shartlarda realizatsiya uchun qabul qilib olamiz.

Siz qiladigan ish esa – bor-yo‘g‘i sotilgan mahsulot uchun to‘lovni qabul qilib olish. Qolganini bizning mutaxassislar jamoamizga qo‘yib bering!

Yangi hamkorlarimizdan har qanday taklifni xursandchilik bilan kutib qolamiz!

Doim siz uchun ochiq – ALLSO.UZ!