Ushbu bo‘limda siz internet orqali bolalar uchun Toshkent bo‘ylab yetkazib beriluvchi ko‘rpa-to‘shaklarni tanlashingiz va sotib olishingiz mumkin. Keling, avvalo, sifatli bolalar ko‘rpa-to‘shaklari qanday bo‘lishi kerakligi haqida so‘z yuritsak.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, bolalar uchun ko‘rpa-to‘shaklarni tanlash jarayoni ko‘pchilik ota-onalar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Qizig‘i, buning asosiy sababi – bozordagi tanlovning haddan tashqari ko‘pligidir.
Qanday ko‘rpa-to‘shak sotib olish kerak?
Birinchi navbatda, yuqori sifatli matodan tayyorlangan ko‘rpa-yostiqlarni tanlash lozim. Quyida bolalar uchun choyshablar ishlab chiqariladigan eng mashhur materiallar haqida ma’lumot berilgan.
1. Paxta. Paxtadan qilingan ko‘rpa-to‘shaklar chaqaloqning allergik reaksiyalar va qichishishga moyil bo‘lgan nozik terisiga shikast yetkazmaydi. Bundan tashqari, ushbu mato yozda teriga salqinlik bag‘ishlaydi. Bunday mato tanaga yopishmaydi, sirpanmaydi, mayin va yilning istalgan faslida foydalanishga mo‘ljallangan.
2. Zig‘ir. Zig‘ir mato yil davomida foydalanish uchun eng yaxshi hisoblanadi. Bu matoning har qanday haroratda issiqlikni o‘zida saqlab turishi bilan bog‘liq bo‘lib, u yuqori mustahkamlikka ega va tez quriydi. Zig‘irning yagona kamchiliklari – bu uning biroz dag‘al tuzilishga egaligidir. Shuning uchun zig‘irdan tayyorlangan choyshablar chaqaloqlarga tavsiya etilmaydi.
3. Bambuk. To‘qimachilik sanoatida nisbatan yangi bo‘lgan bambuk matosi allaqachon ishlab chiqaruvchilar va ko‘plab xaridorlar tomonidan e’tibor va ijobiy fikrlarga sazovor bo‘lmoqda. Bambukdan tayyorlangan ko‘rpa-to‘shaklar chaqaloq terisi uchun maqbul mikroiqlimni ta’minlashga yordam beradi. Ushbu matoda teri yaxshi nafas oladi, u yumshoq tuzilishga va (eng asosiysi!) mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Ushbu matodan tayyorlangan choyshab bilan farzandingiz doimo miriqib uxlaydi.
4. Chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan chitli ko‘rpa-to‘shaklar xaridorlarni arzon narxlari bilan o‘ziga jalb qiladi. Bundan tashqari, u chaqaloqlar uchun mutlaqo xavfsizdir.
5. Bolalar uchun xomsurpdan tayyorlangan ko‘rpa-to‘shaklar, hatto tez-tez yuvilishga ham juda chidamlidir. Bunday ko‘rpa-to‘shaklar nisbatan arzon, uzoq vaqt xizmat qiladi va qo‘shimchasiga yaxshi havo o‘tkazadi. Shu sababli u bozorda xaridorgir mahsulotlardan hisoblanadi.
6. Satin paxta matolar toifasiga kiradi. Satinli ko‘rpa-to‘shak 250 martagacha yuvishga bardosh bera oladi, demak, bunday ko‘rpa-to‘shaklar sizga va bolangizga imkon qadar uzoq vaqt xizmat qiladi. Shuningdek, satin ko‘rpa-to‘shak silliq, yoqimli tuzilishga ega. Satin ko‘rpa-to‘shaklarni chaqaloqlar uchun beshiklar yasatishda, shuningdek, terisi sezgir bo‘lgan bolalarga tavsiya etiladi. Satin ko‘rpa-to‘shaklar allergiya va qichishishni keltirib chiqarmaydi, namlikni yaxshi singdiradi va namlanmaydi.
7. Polikotton – yarim sintetik tarkibga, shu bilan birga mukammal tavsifga va chidamlilikka ega qimmat bo‘lmagan zamonaviy mato. Agar ushbu matoni tanlasangiz, sintetika va paxtaning nisbati 40/60 yoki 30/70 bo‘lgan variantda to‘xtashni maslahat beramiz.
MUHIM: bolalar to‘shaklarini yuvishda xushbo‘ylantiruvchilar, matoni yumshatuvchilar va tarkibida xlor bo‘lgan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Gap shundaki, aynan shunday maishiy kimyoviy moddalarni qo‘llash bolada ko‘pincha qichishish va allergiya keltirib chiqaradi.
Bola 0 dan 3 yoshgacha bo‘lgan vaqtni karavotda o‘tkazishi sababli, haddan tashqari to‘q ranglar bilan bir qatorda yorqin rangdagi choyshablardan ham voz kechgan ma’qul. Tevarak-atrofdagi ranglar hatto eng kichik yoshdagi bolalarning ham kayfiyatiga ta’sir qilishi mumkinligi isbotlangan. Shuning uchun yorqin ko‘rpa-to‘shakda chaqaloq yaxshi uxlay olmaydi.
Eng yaxshisi, bolalar e’tiborini jalb qiladigan bittalik, katta chizilgan ko‘rpa-to‘shaklarni tanlash lozim.
Bolalar uchun sifatli choyshablar qidiryapsizmi? Ularni bizning saytimizda buyurtma qiling!